Loyihalar galereyasi

BOSH SAHIFA

Bosh sahifa - saytning asosiy kirish qismi bo'lib, o'quvchilarni vizual dasturlash dunyosiga tanishtiradigan va ularni saytning barcha bo'limlari bilan yo'naltiruvchi sahifadir.

"Vizual dasturlash" sayti maktab o'quvchilariga dasturlashni qiziqarli va tushunarli usulda o'rgatish uchun yaratilgan. Bu yerda o'quvchilar videodarslar orqali nazariy bilim oladilar, amaliy mashg'ulotlarda ko'nikmalarini rivojlantiradilar, testlar orqali bilimlarini sinab ko'radilar va o'z loyihalarini namoyish etadilar.

Maktab o'quvchilariga dasturlash asoslarini o'rgatish
Vizual muhitda (Scratch, Python Turtle, App Inventor va boshqalar) ijodiy loyihalar yaratishni o'rgatish
O'quvchilarning mantiqiy va algoritmik fikrlashini rivojlantirish
Zamonaviy texnologiyalarga qiziqishni oshirish
Mustaqil ishlash va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini shakllantirish